Tailandda o‘ldirilgan qizning jasadi chemodan ichidan topildi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Tailandda o‘ldirilgan qizning jasadi chemodan ichidan topildiTailandning Pattayya shahrida sodir etilgan mudhish jinoyat huquq-tartibot organlari e’tiborini tortdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Shahardagi turar joylaridan birida chemodan ichiga solingan holda 17 yoshli qizning jasadi topilishi jamoatchilikda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida 46 yoshli Avstraliya fuqarosi gumondor sifatida qo‘lga olindi.

The Guardian nashrining mahalliy axborot manbalariga tayanib xabar berishicha, shaxs 26 iyun kuni Bangkokdagi Suvarnabxumi xalqaro aeroportida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlangan. Ayni paytda tergov guruhi qo‘lga olingan xorijlik fuqaroni voyaga yetmagan tailandlik qizning o‘limiga bevosita aloqadorlikda gumon qilmoqda.

Hozirda voqea joyida ekspertiza ishlari davom ettirilmoqda va gumondorga nisbatan huquqiy choralar ko‘rilmoqda. Tergov jarayonining borishi va jinoyatning aniq sabablari rasmiy idoralar tomonidan o‘rganilayotgan bo‘lib, qo‘shimcha tafsilotlar aniqlashtirilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish