Qoraqalpog‘istonda yangi oltin koni topilib, qidiruv ishlari kengaytirilmoqda

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish1

Qoraqalpog‘istonda yangi oltin koni topilib, qidiruv ishlari kengaytirilmoqda

Qoraqalpog‘iston hududida oltin qazib olish va uni sanoat usulida qayta ishlashga mo‘ljallangan yirik klaster faoliyatini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur tashabbus doirasida hududda joylashgan Urusoy konida olib borilgan dastlabki tadqiqotlar natijasida 4 tonna miqdoridagi oltin zaxirasi mavjudligi aniqlandi. Ushbu loyihaning hayotga tatbiq etilishi nafaqat mavjud konlarni o‘zlashtirish, balki mintaqada geologik-qidiruv ishlarini yanada jadallashtirish va kengaytirish uchun zamin yaratadi.

Hozirgi vaqtda Vazirlar Mahkamasi tomonidan mazkur loyihaga oid tegishli qaror loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda Qoraqalpog‘istonda oltin qazib olish va uni qayta ishlash klasterini tashkil etishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari belgilab berilgan. Loyiha doirasida zamonaviy texnologiyalarni jalb etish va ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish nazarda tutilgan.

Bu jarayon hududning mineral-xomashyo bazasini samarali boshqarish hamda sanoat salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Kelgusida mazkur klaster faoliyati orqali yangi ish o‘rinlari yaratish va tog‘-kon sanoati sohasidagi iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash maqsad qilingan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish