Xonanda Azoda og‘ir kasallik tashxisi noto‘g‘ri chiqqanini ma’lum qildi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Xonanda Azoda og‘ir kasallik tashxisi noto‘g‘ri chiqqanini ma’lum qildi

Xonanda Azoda Yusupahmet o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida hayotining murakkab davrlaridan biri hamda Turkiyada o‘tagan davolanish jarayoni haqida ochiq ma’lumot berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

San’atkorning ta’kidlashicha, homiladorlik kechayotgan bir pallada uning salomatligida jiddiy o‘zgarishlar kuzatilgan va shundan so‘ng unga onkologik kasallik tashxisi qo‘yilgan. Ushbu xabar xonandaning oilasi va muxlislari uchun kutilmagan hamda og‘ir yangilik bo‘lgan.

Vaziyatni aniqlashtirish va malakali tibbiy yordam olish maqsadida xonanda Turkiyaga yo‘l olgan. U yerda o‘tkazilgan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar natijasida O‘zbekistonda qo‘yilgan dastlabki tashxis o‘z tasdig‘ini topmagan va xato ekanligi aniqlangan.

Shifokorlar unga saraton kasalligi yo‘qligini ma’lum qilgach, xonanda yengil nafas olgan. Shunga qaramay, sog‘lig‘idagi boshqa muammolarni bartaraf etish uchun Azoda Turkiyada jarrohlik amaliyotini o‘tashga majbur bo‘lgan.

Hozirgi kunda san’atkor o‘zini yaxshi his qilayotganini va hayotining ushbu sinovli davrini ortda qoldirganini bildirmoqda. U o‘zining boshidan kechirganlari orqali muxlislarini salomatlikka nisbatan yanada e’tiborli bo‘lishga chaqirdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish