
Simeone: «Maydonga eng yaxshi holatdagi futbolchilar tushadi»
«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone Ispaniya chempionatining 34-turi doirasidagi «Valensiya»ga qarshi uchrashuv oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida tarkibdagi rotatsiya va jarohatlar haqida to'xtalib o'tdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Mazkur bahs 2-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da start oladi. Simeone Chempionlar ligasi yarim finali doirasida Londonda «Arsenal»ga qarshi bo'lib o'tadigan javob uchrashuvi sababli asosiy tarkib futbolchilariga dam berishi haqidagi taxminlarni rad etdi.
Murabbiyning ta'kidlashicha, tarkibni tanlashda futbolchilarning jismoniy holati birlamchi ahamiyatga ega. «Seshanba kungi o'yindan qat'i nazar, Xulian Alvares, Sorlot, Juliano, Barrios va Ximenes shanba kungi bahsga tayyor emas edi.
Maydonga ayni damda eng yaxshi holatda bo'lgan futbolchilarni tushirishimiz aniq», — deya murabbiyning so'zlarini keltirmoqda Into the Calderon nashri. Shuningdek, Simeone jamoasining Ispaniya chempionatidagi maqsadlari haqida ham gapirib o'tdi.
Uning so'zlariga ko'ra, hozirda asosiy e'tibor turnir jadvalida «Atletiko»dan o'zib ketgan «Vilyarreal»ni quvib etishga qaratilgan. Murabbiy bo'lajak raqibga yuqori baho berib, «Valensiya» o'z muxlislari bosimi ostida shiddatli o'yin ko'rsatishini qayd etdi.
Ayni paytda «Atletiko» 60 ochko bilan musobaqa jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. Uchinchi pog'onadagi «Vilyarreal» hisobida 65 ochko mavjud.
«Valensiya» esa 39 ochko bilan 12-o'rindan joy olgan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0