«Barselona» Bastoni transferi uchun 60 mln yevrodan voz kechishi kerak bo'ladi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

«Barselona» Bastoni transferi uchun 60 mln yevrodan voz kechishi kerak bo'ladi
«Barselona» «Inter» himoyachisi Bastoni transferini ko'rib chiqmoqda

Italiyaning «Inter» klubi markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni hamon «Barselona»ning transfer maqsadlari ro'yxatida qolmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Kataloniya klubi rahbariyati 25 yoshli futbolchini jamoa mudofaasini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko'rmoqda. Garchi «ko'k-anorranglilar»ning italiyalik futbolchini sotib olish niyati jiddiy ekani haqida xabarlar tarqalgan bo'lsa-da, yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

Hozirda jamoa bosh murabbiyi Xansi Flik va uning yordamchilari Bastonining «Barselona» o'yin tizimiga, xususan, chap qanot markaziy himoyachisi pozitsiyasiga qanchalik mos kelishini tahlil qilmoqda. Jurnalist Matteo Moretto bergan ma'lumotlarga ko'ra, agar germaniyalik mutaxassis ushbu transferga rozilik bersa, «Inter» futbolchisi uchun kataloniyaliklar kamida 60-65 mln yevro sarflashiga to'g'ri keladi.

Avvalroq matbuotda Alessandro Bastonining o'zi ham faoliyatini «Barselona» tarkibida davom ettirishga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar e'lon qilingan edi. Bastoni joriy mavsumda «Inter»ning asosiy tarkib o'yinchisi sifatida o'zining barqaror o'yinlari bilan ajralib turibdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish