
Portugaliyalik taniqli futbol agenti Paulu Barboza PSJ klubi va Gruziya terma jamoasi vingeri Xvicha Kvarashelianing kelajagi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Ekspertning ta'kidlashicha, gruziyalik futbolchi yaqin vaqt ichida dunyoning eng yaxshi o'yinchisiga beriladigan «Oltin to'p» mukofotini qo'lga kiritishi mumkin. «Xvicha — eng yuqori darajada o'yin ko'rsatayotgan noyob futbolchi.
PSJ tarkibida u «Oltin to'p»ni yutib olish uchun barcha zarur sharoitlarga ega. Kvarashelia mavsumning eng yaxshi o'yinchisi nominatsiyasida asosiy favorit bo'ladi», — deya Barbozaning so'zlarini keltirmoqda «RB Sport» portali.
Ma'lumot uchun, Xvicha Kvarashelia bir yarim yildan buyon Parij klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Bungacha u Italiyaning «Napoli» jamoasi tarkibida A Seriya chempionligini qo'lga kiritgan edi.
O'tgan chorshanba kuni Chempionlar ligasi yarim finali doirasida «Park de Prens» stadionida bo'lib o'tgan «Bavariya»ga qarshi bahsda Kvarashelia dubl qayd etishga muvaffaq bo'ldi. Futbolchi o'tgan mavsumda PSJ bilan birgalikda Chempionlar ligasi g'olibligini va boshqa nufuzli sovrinlarni qo'lga kiritgan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0