Makron «PSJ» va «Bavariya» o'yini hisobini taxmin qildi

0
Makron «PSJ» va «Bavariya» o'yini hisobini taxmin qildi
Bugun, 28-aprel kuni Chempionlar ligasining yarim final bosqichi doirasida Parijda «PSJ» hamda Myunxenning «Bavariya» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mazkur bahs oldidan o'z taxminlari bilan o'rtoqlashdi. «Men «Marsel» muxlisiman, biroq bugun oqshom «PSJ» maydonga tushadi, shuning uchun men ularni qo'llab-quvvatlayman.

O'ylashimcha, ular 3:1 hisobida g'alaba qozonishadi», — deya Makronning so'zlarini keltirmoqda L’Equipe nashri. Luis Enrike shogirdlari yarim finalga qadar Angliyaning «Chelsi» va «Liverpul» jamoalarini, shuningdek, «Monako» klubini musobaqadan chiqarib yubordi.

«Bavariya» esa pley-off bosqichida Italiyaning «Atalanta» hamda Ispaniyaning «Real Madrid» klublari ustidan g'alaba qozonib, ushbu bosqichga yetib kelgan. «PSJ» va «Bavariya» o'rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari