Jon Stounz mavsum yakunida «Man Siti» tarkibini tark etadi

0
Jon Stounz mavsum yakunida «Man Siti» tarkibini tark etadi
Jon Stounsz mavsum yakunida «Man Siti» tarkibini tark etadi «Man Siti» markaziy himoyachisi Jon Stounsz joriy mavsum yakunlangach, Angliya klubini tark etadi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Bu haqda «shaharliklar» matbuot xizmati jamoaning rasmiy saytida ma’lum qildi. Angliyalik futbolchi 2016-yildan buyon «Man Siti» sharafini himoya qilib kelmoqda.

O‘shanda klub Stounszni «Everton»dan 55 mln yevro evaziga sotib olgan edi. 31 yoshli himoyachi «shaharliklar» libosida barcha turnirlar doirasida jami 293 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

U ushbu o‘yinlar davomida raqiblar darvozasiga 19 ta gol urishga va 9 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Jon Stounsz «Man Siti» tarkibida jami 19 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.

Ular orasida oltita Angliya premyer ligasi chempionligi va ikkita Angliya kubogi mavjud. Shuningdek, tajribali himoyachi jamoa bilan birgalikda Chempionlar ligasi g‘olibiga ham aylangan.

Hozircha futbolchining faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi borasida aniq ma’lumotlar berilmagan.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari