
Italiya A Seriyasining navbatdagi turida «Napoli» jamoasining «Komo» bilan bahsda ochko yo‘qotishi «Inter»ning chempionlik poygasidagi vazifasini yanada osonlashtirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Endilikda Milan klubiga muddatidan avval rasman mamlakat chempioni bo‘lish uchun qolgan o‘yinlarda bor-yo‘g‘i bir ochko kifoya qiladi. Ayni paytda neapolliklar mavsum yakunlanishiga uchta tur qolganida peshqadamdan to‘qqiz ochko ortda bormoqda.
Nazariy jihatdan ular «Inter»ga yetib olishlari mumkin, biroq bu faqat milanliklar qolgan to‘rtta uchrashuvning barchasida mag‘lubiyatga uchragan taqdirdagina yuz berishi mumkin. Shuningdek, «Milan» ham «Inter»ni quvib o‘tish imkoniyatini matematik jihatdan saqlab turibdi.
Mavsum tugashiga to‘rt tur qolganida jamoalar o‘rtasidagi farq 12 ochkoni tashkil etmoqda. Ammo chempionlik unvoni o‘zgarishi uchun Kristian Kivu shogirdlari qolgan barcha bahslarda imkoniyatni boy berishlari, raqiblar esa faqat g‘alaba qozonishlari talab etiladi.
Turnir jadvalidagi hozirgi holat «Inter»ning yaqin turlarda o‘z tarixidagi navbatdagi chempionlikni rasmiylashtirishini ko‘rsatmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0