Dembele: «Pressing qilmasangiz, Enrike sizni zaxiraga o'tqazadi»

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Dembele: «Pressing qilmasangiz, Enrike sizni zaxiraga o'tqazadi»
PSJ hujumchisi Usmon Dembele jamoa bosh murabbiyi Luis Enrikening qat'iyatliligi va futbolchilardan talab qilinadigan intizom haqida to'xtalib o'tdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Bu haqda futbolchi Chempionlar ligasi doirasidagi uchrashuvdan so'ng CBS telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi. Seshanba oqshomida Parij klubi o'z maydonida «Bavariya»ni qabul qilib, 5:4 hisobida g'alaba qozondi.

Mazkur bahsda «Oltin to'p» sohibi Usmon Dembele uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Hujumchi o'yin davomida bitta golli uzatmani amalga oshirdi va ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Xususan, u birinchi bo'lim yakunida o'zi ishlagan penaltini aniq amalga oshirgan bo'lsa, 58-daqiqada jamoasining beshinchi goliga mualliflik qildi. Dembele murabbiyning taktika va himoyadagi tartibga qanchalik jiddiy e'tibor qaratishini alohida ta'kidladi.

«Agar siz pressingda ishtirok etmasangiz yoki himoyaga yordam bermasangiz, Enrike sizni darhol zaxira o'rindig'iga o'tqazib qo'yadi», — dedi hujumchi. Parijliklar va Myunxen klubi o'rtasidagi javob uchrashuvi kelasi hafta chorshanba kuni Germaniyada bo'lib o'tadi.

Yarim finalning ilk bahsidagi g'alaba PSJ uchun javob o'yini oldidan kichik ustunlikni ta'minladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish