
Angliya Premer-ligasining 34-turida o'tkazilgan “Bernli” – “Manchester Siti” uchrashuvida o'zbek futbolchisi Abduqodir Husanov ajoyib o'yin ko'rsatdi. “Manchester Siti” 1:0 hisobida g'alaba qozongan bu bahsda Husanov jamoaning eng samarali futbolchilaridan biri sifatida e'tirof etildi. Uchrashuv so'ngida himoyachi 7.8 ball to'pladi, bu esa “Manchester Siti” tarkibida eng yuqori baho bo'ldi.
Abduqodir Husanov o'yin davomida raqib hujumlarini samarali tarzda qaytardi va aniq paslar bilan jamoasiga yordam berdi. Uning bu ko'rsatkichi hatto “Manchester Siti”ning mashhur futbolchilari Erling Xoland (7.6 ball) va Bernardu Silva (7.1 ball)dan ham yuqori bo'ldi. Husanovning ishonchli o'yini “shaharliklar”ning darvozasi daxlsizligini saqlab qolishiga xizmat qildi.
Hozirda Abduqodir Husanovning “Bernli”ga qarshi o'yinidagi eng yaxshi momentlarni aks ettiruvchi video lavha xorijiy OAVda keng tarqalmoqda. Unda futbolchining raqib hujumlarini muvaffaqiyatli bloklashlari va aniq paslari namoyish etilmoqda. Ushbu video Husanovning professional mahoratiga yana bir misol bo'ladi.