Eron axborot urushida yangi texnologiyalar orqali AQShdan ustun kelmoqda
The Guardian nashri Tehronning global axborot maydonidagi faolligi bo'yicha tahliliy material e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Eron hukumati Vashingtonga qarshi kurashda sun'iy intellekt imkoniyatlari va internet memlaridan samarali foydalangan holda sezilarli yutuqlarga erishmoqda. Tehron an'anaviy va bir xil ko'rinishdagi tashviqot usullaridan voz kechib, raqamli muhitning zamonaviy qurollarini ishga soldi.
Eron va AQSh o'rtasidagi axborot ziddiyatida geosiyosiy maqsadlarni ilgari surish uchun ommaviy madaniyat elementlaridan mahorat bilan foydalanilmoqda. Ushbu yangicha strategiya Tehronning nafaqat Yaqin Sharq mintaqasida, balki AQSh va G'arb davlatlarining ichki axborot maydoniga ham kirib borishiga zamin yaratdi.
Raqamli texnologiyalar yordamida tayyorlanayotgan kontentlar orasida Eron raketalari aks etgan videolarning Lego multfilmi uslubida taqdim etilishi alohida qayd etilgan. Bunday yondashuvlar tashviqotning ta'sirchanligini oshirib, turli qatlamdagi auditoriyani qamrab olishga xizmat qilmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0