Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida bugun yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida bugun yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zgidromet markazi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 28 sentyabr kuni respublikaning ayrim hududlarida ob-havo sharoitining o‘zgarishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xususan, Farg‘ona vodiysida joylashgan Andijon, Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarining ba’zi tumanlarida kechasi va ertalabki soatlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli mavjud. Mazkur hududlarda yog‘ingarchilik bilan bir qatorda momaqaldiroq hodisalari ham kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida esa nisbatan barqaror ob-havo saqlanib qoladi. Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘lishi, kun davomida bulutlilik darajasi vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turishi bashorat qilinmoqda.

Toshkent hududida yog‘ingarchilik kutilmayapti. Harorat ko‘rsatkichlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, poytaxtda kechasi havo harorati 11–13 daraja iliq atrofida bo‘ladi, kunduzgi soatlarda esa termometr ustunlari 25–27 darajagacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.

Mutaxassislar aholini kuzgi ob-havo sharoitidagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda rejalarni tuzishga chaqirmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish