Argentina terma jamoasining kelajakdagi sardori nomi ma’lum bo‘ldi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish2

Argentina terma jamoasining kelajakdagi sardori nomi ma’lum bo‘ldi

Argentina milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni jamoa sardorligi borasida muhim qarorni ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xalqaro sport nashrlari, jumladan, Goal.com portalining yozishicha, terma jamoa sardori Lionel Messi faoliyatining yakuniy bosqichiga yaqinlashayotganini inobatga olgan holda, murabbiylar shtabi kelajak uchun yangi yetakchini tanlab qo‘ydi. Unga ko‘ra, Messi maydonni tark etganidan so‘ng, sardorlik bog‘ichi markaziy himoyachi Kristian Romeroga topshiriladi.

Ayni paytda 28 yoshni qarshi olgan va jamoaning ishonchli himoya qo‘rg‘oniga aylangan Romero maydondagi intizomi hamda yetakchilik qobiliyati bilan murabbiyning ishonchini qozongan. Bu o‘zgarish Argentina terma jamoasida avlodlar almashinuvi jarayonining bir qismi sifatida baholanmoqda.

Skaloni ushbu qaror orqali jamoa tarkibida barqarorlikni saqlab qolish va keyingi bosqichlarda ham yetakchilik an’anasini davom ettirishni maqsad qilgan. Hozircha Messi terma jamoadagi faoliyatini davom ettirayotgan bo‘lsa-da, kelgusi davr uchun tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlab yuborilgani rasman tasdiqlandi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish