Jenisbek Piyazovning onasi Injigul Saburova vafot etdi
O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq artisti, opera ijrochisi Jenisbek Piyazovning xonadonida og'ir judolik yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Xonandaning onasi Injigul Saburova hayotdan ko'z yumgani ma'lum qilindi. Marhuma ko'p yillar davomida nafaqat oila davrasida, balki yaqinlari va mahalla-ko'y orasida ham yuksak hurmat hamda ehtiromga sazovor bo'lgan inson edi.
Injigul Saburovaning vafoti Piyazovlar oilasi uchun o'rnini to'ldirib bo'lmas katta yo'qotishga aylandi. Musibat munosabati bilan ko'plab san'at ahli hamda jamoatchilik vakillari xonandaga hamdardlik bildirishmoqda.
"Zamin.uz" tahririyati jamoasi Jenisbek Piyazovga, uning oila a'zolariga va barcha yaqinlariga ushbu og'ir damlarda chuqur hamdardlik izhor etadi. Marhumaning vafoti munosabati bilan uning barcha yaqinlariga sabr-toqat tilaymiz.
Injigul Saburovaning yorqin xotirasi uni taniganlar qalbida doimo saqlanib qoladi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0