
O‘zbekiston va Turkiya Respublikasining ichki ishlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik aloqalari navbatdagi amaliy natijasini berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Ikki davlat maxsus xizmatlari tomonidan o‘tkazilgan muvofiqlashtirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, uzoq vaqtdan buyon xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki nafar shaxs Turkiya hududida aniqlandi va qo‘lga olindi. Ushbu shaxslar O‘zbekiston hududida turli jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, qonun oldida javobgarlikka tortilishdan qochib yurishgan edi.
Istanbuldagi Boshkonsulxona ko‘magida amalga oshirilgan mazkur operatsiya huquqni muhofaza qiluvchi organlarning transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi rejali faoliyatining bir qismidir. Ayni paytda qo‘lga olingan fuqarolarni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish bo‘yicha tegishli protsessual harakatlar olib borilmoqda.
Mazkur jarayon ikki davlat o‘rtasidagi huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi kelishuvlar doirasida amalga oshirilmoqda. Huquq-tartibot idoralari vakillarining ta’kidlashicha, jinoyat sodir etib, xorijiy davlatlar hududiga yashiringan shaxslarni aniqlash va ularni javobgarlikka tortish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0