Tesla elektromobillari yonilg'i mashinalaridan besh barobar samaraliroq ekani ma'lum qilindi
Tesla kompaniyasi o'z elektromobillarining asosiy texnik ustunliklari to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Ixbt.com nashrining yozishicha, ishlab chiqaruvchi elektr transport vositalarining energiya samaradorligi ichki yonuv dvigatelli avtomobillarga qaraganda ancha yuqori ekanini qayd etgan. Kompaniya tomonidan o'tkazilgan tahlillar shuni ko'rsatadiki, Tesla elektromobilidan foydalanish xarajatlari xuddi shunday masofani bosib o'tadigan an'anaviy avtomobillarga nisbatan taxminan 70 % ga arzonroqdir.
Iqtisodiy tejamkorlikning asosiy omili sifatida foydali ish koeffitsiyentidagi (FIK) jiddiy farq keltirilgan. Ichki yonuv dvigatellari yonilg'i energiyasining atigi 20-30 % qismini mexanik harakatga aylantira oladi, qolgan katta qismi esa issiqlik sifatida havoga tarqaladi.
Aksincha, elektromobillar akkumulyator quvvatidan foydalanishda yuqori samaradorlikni namoyish etadi. Xususan, elektr dvigatellarda energiyaning qariyb 85-90 % qismi bevosita harakatni ta'minlash uchun sarflanadi.
Bunday yuqori ko'rsatkich bir xil masofani bosib o'tish uchun ancha kam miqdorda energiya talab qilinishini anglatadi. Natijada avtomobil egalari yonilg'i uchun sarflanadigan mablag'larni sezilarli darajada tejash imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0