Samarqandda bank xodimi mijozning 33 mln so'm mablag'ini o'zlashtirdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Samarqandda bank xodimi mijozning 33 mln so'm mablag'ini o'zlashtirdiSamarqandda bank xodimi mijozning 33 mln so'm mablag'ini firibgarlik yo'li bilan o'zlashtirdi

Samarqand viloyatida bank xodimi tomonidan amalga oshirilgan firibgarlik harakati fosh etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bergan ma'lumotga ko'ra, tijorat banki mutaxassisi J.Sh. ismli fuqaroning ishonchiga kirib, unga tegishli kredit mablag'larini noqonuniy yo'l bilan qo'lga kiritgan.

Tergovga qadar o'tkazilgan surishtiruv jarayonida bank xodimi X.T. 50 mln so'm miqdorida kredit so'rab murojaat qilgan mijozni chalg'itgani aniqlandi.

Xodim fuqaroga go'yoki 17 mln so'm miqdorida mablag' ajratilishini bildirgan, biroq amalda uning bank kartasiga 50 mln so'm tushishini ta'minlagan. Shundan so'ng u mijozning xabarsizligidan foydalanib, ortiqcha 33 mln so'm mablag'ni naqdlashtirib olgan va shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Hozirda o'zlashtirilgan 33 mln so'm mablag' qaytarilishi ta'minlanib, holat yuzasidan protsessual hujjatlar rasmiylashtirildi. Mazkur holat bo'yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Mutasaddilar fuqarolardan bank operatsiyalari vaqtida hushyor bo'lishni hamda ajratilayotgan mablag'lar miqdorini rasmiy manbalar orqali qayta tekshirishni so'ramoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish