Olimlar insonlar nima uchun turlicha tush ko‘rishini tushuntirib berdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Olimlar insonlar nima uchun turlicha tush ko‘rishini tushuntirib berdi

Insonlarning tush ko‘rish jarayoni turlicha kechadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ba’zi kishilar o‘ta yorqin, aniq va real voqelikka yaqin tushlarni ko‘rishsa, boshqalar uchun bu jarayon g‘ira-shira, uzuq-yuluq hamda tez o‘zgaruvchan xususiyatga ega bo‘ladi. Olimlar uzoq vaqt davomida insonlar nega bunchalik farqli tushlar ko‘rishi sabablarini o‘rganib kelishdi va nihoyat bu borada aniq ilmiy izohga erishdilar.

Italiyaning Lukka shahrida joylashgan IMT oliy maktabi tadqiqotchilari tomonidan o‘tkazilgan yangi ilmiy izlanishlar tushlar shunchaki tasodifiy ravishda yuzaga kelmasligini ko‘rsatdi. Mutaxassislar tushlarning sifati va mazmuni inson miyasidagi neyronlar faoliyati hamda kognitiv jarayonlar bilan bevosita bog‘liqligini aniqlashdi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tushlarning aniqligi miyaning ma’lum hududlaridagi axborotni qayta ishlash tezligi va xotira tizimining ishlash samaradorligiga tayanadi. Ushbu kashfiyot uyqu va tush ko‘rish mexanizmlarini tushunishda muhim qadam hisoblanadi.

Olimlar endilikda ushbu ma’lumotlardan foydalanib, uyqu buzilishlari va ruhiy holatlarni diagnostika qilishda yangi usullarni ishlab chiqishni rejalashtirishmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish