Hindistonda imtihon bosimi o‘smirning o‘limiga sabab bo‘ldi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Hindistonda imtihon bosimi o‘smirning o‘limiga sabab bo‘ldi

Hindiston tibbiyot oliy o‘quv yurtlariga qabul jarayonidagi milliy NEET imtihoni bilan bog‘liq vaziyat navbatdagi mudhish voqeaga olib keldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Imtihon natijalari atrofidagi bahs-munozaralar va uning qayta o‘tkazilishi bilan bog‘liq bosim 17 yoshli Kaxaan Patelning hayotiga zomin bo‘ldi. Marhum o‘quvchi qayta imtihon sinovlariga uch kun qolganida o‘z joniga qasd qilishga qaror qildi.

Fojiali hodisa 18 iyun kuni ertalab Axmedobod shahrida yuz berdi. Ota-onasi o‘g‘lining xonasiga kirganida, xonadagi muhit odatdagidek tartibli bo‘lgan.

Xususan, yosh yigitning noutbugi ochiq turgan va u qaysidir jarayon ustida ishlayotgandek taassurot qoldirgan. Mazkur hodisa mamlakatda keng jamoatchilik e’tirozlariga sabab bo‘lib, tibbiy ta’lim tizimidagi imtihon qoidalari hamda yoshlarning psixologik holatiga bo‘lgan e’tiborsizlik masalasini yana bir bor kun tartibiga chiqardi.

Hozirda huquq-tartibot organlari mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish