Farg‘onada xayriya pullarini o‘zlashtirgan yigit qo‘lga olindi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Farg‘onada xayriya pullarini o‘zlashtirgan yigit qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyatida og‘ir xastalikka chalingan fuqarolarga yordam berish maqsadida yig‘ilgan xayriya mablag‘larini o‘zlashtirish holati aniqlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ichki ishlar vazirligining Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan ma’lum qilinishicha, mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumonlanayotgan 19 yoshli yigit huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Tergov jarayonida ma’lum bo‘lishicha, 2007-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan shaxs xayriya uchun ajratilgan mablag‘larning 76 million so‘m qismini onlayn totalizator o‘yinlariga sarflab yuborgan.

Gumonlanuvchi mazkur pullarni qimor o‘yinlariga tikib, yakunda yutqazib qo‘yganini tan olgan. Shuningdek, surishtiruv ishlari davomida ushbu shaxsning avvalroq O‘zbekiston hududida kriptoaktivlar bilan bog‘liq noqonuniy xatti-harakatlarga aloqador bo‘lgani ham aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda tergovoldi tekshiruvlari olib borilmoqda va qonuniy chora ko‘rish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar fuqarolarni shubhali manbalarga mablag‘ o‘tkazmaslikka va kiberjinoyatlardan ogoh bo‘lishga chaqirmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish