Matyoqub Matchanov xalqaro kinofestivalda eng yaxshi erkak roli uchun taqdirlandi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Matyoqub Matchanov xalqaro kinofestivalda eng yaxshi erkak roli uchun taqdirlandi

Istanbul shahrida tashkil etilgan VI «Qo‘rqut Ota» turkiy dunyo kinofestivali yakunlariga ko‘ra, o‘zbek kino san’atining taniqli namoyandasi, O‘zbekiston xalq artisti Matyoqub Matchanov nufuzli mukofotga loyiq deb topildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Festival hakamlar hay’ati qarori bilan tajribali aktyor «Eng yaxshi erkak roli» nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Mazkur e’tirofga Matyoqub Matchanov rejissyor Sarvar Karimov tomonidan suratga olingan «Farz» nomli kartinada yaratgan obrazli ijrosi orqali erishdi.

Ushbu kinolenta tomoshabinlar va mutaxassislar tomonidan yuqori baholanib, festival doirasida alohida e’tibor qaratildi. Ushbu sovrin nafaqat «Farz» filmidagi muvaffaqiyatli rol, balki Matyoqub Matchanovning o‘zbek milliy kinematografiyasini rivojlantirishga qo‘shgan ko‘p yillik hissasi hamda uning yuqori darajadagi aktyorlik mahoratiga berilgan haqli baho sifatida qabul qilindi.

Xalqaro miqyosdagi ushbu yutuq o‘zbek kino ijodkorlarining turkiy dunyo madaniy makonidagi o‘rni va nufuzi ortib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi. Festival doirasidagi taqdirlash marosimi yuqori saviyada o‘tib, unda mintaqa mamlakatlari kino san’ati vakillari ishtirok etishdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish