Falcon 9 raketa qismi 5-avgust kuni Oyga uriladi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Falcon 9 raketa qismi 5-avgust kuni Oyga uriladiFalcon 9 raketa qismi 5 avgust kuni Oy sirtiga qulaydi

2025 yil yanvar oyida koinotga uchirilgan Falcon 9 raketasining yuqori qismi joriy yilning 5 avgust kuni Oyga urilishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Astronomlar tomonidan o'tkazilgan hisob-kitoblar shuni ko'rsatadiki, mazkur obyekt gipertovush tezligida Oy sirti bilan to'qnashadi. Ushbu ma'lumotlar Ixbt.com nashri tomonidan e'lon qilindi.

Vazni 4 tonna, uzunligi esa 13,8 metrga teng bo'lgan mazkur qurilma Yer atmosferasidan o'tishda yonib ketmagan. Obyekt cho'ziq orbita bo'ylab harakatlanib, vaqt o'tishi bilan Oyga yaqinlashib borgan.

Koinot dinamikasi bo'yicha ekspert Bill Greyning ta'kidlashicha, raketa bo'lagi soniyasiga 2,43 kilometr tezlikda harakatlanmoqda. Bu ko'rsatkich tovush tezligidan taxminan yetti baravar yuqori hisoblanadi.

To'qnashuv Oyning ko'rinadigan qismida joylashgan Eynshteyn krateri hududida yuz berishi aniqlangan. Oyda himoya atmosferasi mavjud emasligi sababli, raketa qismi parchalarsiz sirtga uriladi va yangi kichik krater hosil qiladi.

Mutaxassislarning fikricha, ushbu hodisa kelajakdagi koinot missiyalari xavfsizligiga tahdid solmaydi. Biroq koinotda chiqindilar miqdori ortishi fonida bunday holatlar ko'payishi mumkin.

Shu sababli kelajakda raketa qismlarini Quyosh atrofidagi xavfsiz orbitalarga yo'naltirish choralari ko'rilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish