Apple kompaniyasi sun'iy intellekt tizimi bilan jihozlangan aqlli ko'zoynaklarning yangi avlodini yaratish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Mazkur qurilma bozorda "Meta Ray-Ban" kabi mahsulotlar bilan raqobatga kirishishi rejalashtirilgan. Bu haqda Ixbt.com nashri xabar berdi.
"MacRumors" ma'lumotlariga ko'ra, texnologik gigantning ushbu qurilmasi birinchi bosqichda displeysiz ko'rinishda ishlab chiqariladi. Yangi ko'zoynak vizual interfeysdan voz kechgan holda, to'liq ovozli buyruqlar va maxsus imo-ishoralar orqali boshqariladi.
Qurilmaga ikkita kamera o'rnatilishi ko'zda tutilgan. Ulardan biri yuqori aniqlikdagi foto va videolarni suratga olib, smartfon orqali tezkor almashish imkonini beradi.
Ikkinchi keng burchakli kamera esa foydalanuvchining qo'l harakatlarini tahlil qilish va Siri yordamchisi orqali funksiyalarni faollashtirish uchun xizmat qiladi. Apple muhandislari loyihada minimalizm va energiya samaradorligiga asosiy urg'u bermoqda.
Qurilmaning ixchamligini saqlash hamda batareya quvvatini tejash maqsadida birinchi versiyada LiDAR skaneri, 3D datchiklar va o'rnatilgan ekran bo'lmaydi. Hozirda kompaniya ushbu imo-ishorali boshqaruv texnologiyasini Vision Pro va AirPods qurilmalarining kelgusi modellarida ham sinovdan o'tkazmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0