Samsung 479 dollarlik Galaxy Glasses aqlli ko'zoynaklarini e'lon qildi

0
Samsung 479 dollarlik Galaxy Glasses aqlli ko'zoynaklarini e'lon qildiSamsung Galaxy Glasses aqlli ko'zoynaklari 2026 yilda sotuvga chiqadi Internet tarmog'ida Samsung kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilayotgan Galaxy Glasses aqlli ko'zoynaklarining render tasvirlari tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ixbt.com nashrining yozishicha, qurilmaning tashqi dizayni Ray-Ban ko'zoynaklarini yodga soladi. Gadjetning o'ziga xos jihati uning yon qismlarida foto va video tasvirga olishga mo'ljallangan maxsus kameralar joylashtirilganidir.

Yangi qurilma Android XR platformasida faoliyat yuritadi va Google Gemini sun'iy intellekt tizimi bilan ta'minlanadi. Galaxy Glasses modelida displey mavjud emas, shu sababli barcha boshqaruv amallari to'liq ovozli buyruqlar yordamida amalga oshiriladi.

Foydalanuvchilar ovozli yordamchi orqali matnlarni tarjima qilish, ob-havo ma'lumotlarini olish yoki tasvirga tushirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Texnik ko'rsatkichlarga ko'ra, aqlli ko'zoynak Qualcomm Snapdragon AR1 protsessori, 12 megapikselli Sony IMX681 sensori hamda 155 mA/soat quvvatga ega akkumulyator bilan jihozlanadi.

Shuningdek, gadjet Wi-Fi va Bluetooth modullari bilan quvvatlangan. Kompaniya Galaxy Glasses narxini 379 dollardan 479 dollargacha belgilashi kutilmoqda.

Qurilmaning rasmiy sotuvlari 2026 yilga mo'ljallangan. 2027 yilda esa Samsung microLED displey bilan jihozlangan yanada takomillashgan versiyani taqdim etishi rejalashtirilgan.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari