Lenovo korporatsiyasi Phoenix Technologies kompaniyasini sotib oldi

0
Lenovo korporatsiyasi Phoenix Technologies kompaniyasini sotib oldiLenovo korporatsiyasi Phoenix Technologies kompaniyasini sotib oldi Xitoyning Lenovo korporatsiyasi dunyo miqyosida BIOS dasturiy ta'minotini ishlab chiqaruvchi eng yirik tuzilmalardan biri — Phoenix Technologies kompaniyasi xarid qilinganini e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Kelishuv shartlariga ko'ra, Dublin shahrida ro'yxatdan o'tgan bo'linma hamda unga tegishli barcha intellektual mulk huquqlari xaridor ixtiyoriga o'tdi. Ushbu ma'lumotni Ixbt.com nashri taqdim etdi.

Mazkur xarid Lenovo kompaniyasiga shaxsiy kompyuterlar ishlashining eng muhim jarayoni hisoblangan tizimni ishga tushirish, qurilmalar xavfsizligi va platforma sozlamalari uchun mas'ul proshivka ustidan to'liq nazoratni ta'minlaydi. Korporatsiya vakillari yangi texnologiyalar apparat va dasturiy qismlarni o'zaro yanada chuqurroq bog'lashga xizmat qilishini ta'kidladi.

Phoenix Technologies va Lenovo o'rtasidagi hamkorlik aloqalari 20 yildan ortiq vaqtdan buyon davom etib kelmoqda. Shu davrga qadar ishlab chiquvchi ThinkPad noutbuklari uchun BIOS yetkazib bergan bo'lsa, endilikda ushbu sheriklik to'liq birlashuv darajasiga ko'tarildi.

Kelajakda mazkur texnologiyalardan sun'iy intellektga asoslangan qurilmalarni yaratishda ham foydalanish ko'zda tutilgan. 1979 yilda tashkil etilgan Phoenix Technologies portfelidan serverlar, noutbuklar va o'rnatilgan tizimlar uchun mo'ljallangan Phoenix SecureCore, OmniCore hamda FirmCare kabi ko'plab dasturiy yechimlar o'rin olgan.

Endilikda ushbu mahsulotlarning barchasi Lenovo brendi ostida rivojlantiriladi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari