Niderlandiyada ilk bor voyaga yetmagan bolaga evtanaziya qo‘llanildi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish4

Niderlandiyada ilk bor voyaga yetmagan bolaga evtanaziya qo‘llanildiNiderlandiya sog‘liqni saqlash tizimida muhim va nozik voqea qayd etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Sofi Hermans parlamentga taqdim etgan yillik hisobotida 12 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan ilk bor shifokor yordamida hayotni tugatish amaliyoti amalga oshirilganini rasman tasdiqladi. Ushbu voqea mamlakatda evtanaziya to‘g‘risidagi qonunchilikka kiritilgan so‘nggi o‘zgartirishlardan keyin ro‘y berdi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur holat o‘tgan yil davomida kuzatilgan. Shifokorlar jamoasi tibbiy nuqtayi nazardan davolab bo‘lmaydigan, o‘ta og‘ir xastalikka chalingan va hayotining so‘nggi bosqichida juda ko‘p azob chekayotgan yosh bemorga nisbatan ushbu chorani qo‘llashga qaror qilgan.

Rasmiy hisobotda qayd etilishicha, mazkur amaliyot qonunchilikda belgilangan barcha qat’iy tartib-qoidalarga va tibbiy-axloqiy mezonlarga rioya etilgan holda bajarilgan. Niderlandiya hukumati ushbu o‘ta murakkab va bahsli masalada shaffoflikni ta’minlash maqsadida mazkur holatni hisobotga kiritganini bildirmoqda.

Hozirgi kunda mamlakatda evtanaziya borasidagi me’yorlar aynan chidab bo‘lmas jismoniy hamda ruhiy azoblarni yengillashtirish maqsadida, qat’iy nazorat ostida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish