
Avstraliyaning Brisben shahri yaqinidagi tabiat qo‘riqxonalaridan birida kuzatilgan g‘ayrioddiy holat ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari orasida katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Hodisa Nell ismli mahalliy ayol o‘z iti bilan sayr qilib yurgan vaqtda yuz bergan. Tabiat qo‘ynida vaqt o‘tkazayotgan ayol to‘satdan xavfli vaziyatga duch keldi: ulkan bo‘g‘ma ilon mitti koala bolasini o‘z domiga tushirib olgan edi.
Jonivorning o‘lim xavfi ostida qolganini ko‘rgan Nell ikkilanib o‘tirmasdan, qat’iy qaror qabul qildi. U o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ygan holda, yirtqich ilon bilan yakkama-yakka to‘qnashuvga kirishdi.
Ayol hech qanday maxsus vositalarsiz, ochiq qo‘llari bilan ilonni zararsizlantirib, koala bolasini qutqarib qolishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu jasoratli harakat tabiat va inson o‘rtasidagi uyg‘unlikni namoyon etuvchi o‘ziga xos voqea sifatida ko‘plab kuzatuvchilarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Ayni damda qutqarilgan koala bolasi xavfsiz holatda ekanligi xabar qilinmoqda.






Izohlar
0