AQSh mustaqilligining 250 yillik yubileyi munosabati bilan Donald Tramp tasviri tushirilgan pasportlar chiqariladi
AQSh mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan mamlakatda yangi dizayndagi pasportlar ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. "Time" nashri bergan ma'lumotga ko'ra, ushbu maxsus seriyadagi hujjatlarda amaldagi prezident Trampning portreti aks etadi. Yangi dizayn loyihasiga binoan, pasport muqovasining ichki qismidan Trampning surati va uning oltin rangdagi imzosi joy oladi.
Hujjatning orqa sahifasida esa rassom Jon Trambull qalamiga mansub «Mustaqillik deklaratsiyasi» asaridan lavhalar tasvirlanadi. Mazkur namunadagi pasportlar asosan Vashington shahrida joylashgan maxsus agentlik orqali taqdim etilishi belgilangan.
Boshqa shtatlarda yoki onlayn tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlar o'zining odatdagi ko'rinishini saqlab qoladi. Shuningdek, bayram tadbirlari doirasida 100 dollarlik kupyuralarda ham prezident imzosi aks ettirilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Tramp tasviri tushirilgan 24 karatli oltin tangalarni zarb etish tashabbusi ma'qullandi. Hozircha yangi turdagi pasportlarning umumiy adadi borasida aniq ma'lumotlar e'lon qilinmadi.