AQShda Tramp taklif qilgan dastur kutilgan natijani bermadi

0
AQShda Tramp taklif qilgan dastur kutilgan natijani bermadiAQShda "Oltin karta" dasturi kutilgan natijani bermadi AQSh hukumati tomonidan joriy etilgan "Oltin karta" dasturi kutilgan darajada ommalashmadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Associated Press agentligi bergan ma'lumotga ko'ra, mazkur viza turi orqali hozirga qadar faqat bir kishi mamlakatda yashash va mehnat qilish huquqiga ega bo'lgan. Ushbu ko'rsatkich AQSh savdo vaziri Latnik tomonidan ochiqlandi.

Vazir taqdim etgan raqamlar avvalgi rasmiy bayonotlardan sezilarli darajada farq qilmoqda. Xususan, prezident Tramp bundan oldin bir necha kun ichida 1,3 mlrd dollarlik "Oltin kartalar" realizatsiya qilingani haqida ma'lumot bergan edi.

Amalda esa dasturga bo'lgan qiziqish past darajada qolmoqda. Belgilangan tartibga muvofiq, jismoniy shaxslar 1 mln dollar miqdorida mablag' to'lash evaziga rezidentlik maqomini tezlashtirilgan tartibda qo'lga kiritishlari mumkin.

Kompaniyalar uchun esa o'z xodimlarini mamlakatga olib kelish badali 2 mln dollar va qo'shimcha to'lovlarni tashkil etadi. Shunga qaramay, yuqori narxlar va talablar sababli loyiha hozircha muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Dunyo yangiliklari