Vyeri: «Milan»ga Levandovski kabi yoshi katta hujumchi kerak emas

0
Vyeri: «Milan»ga Levandovski kabi yoshi katta hujumchi kerak emas
Kristian Vyeri: «Milan»ga Levandovski kabi yoshi katta hujumchi kerak emas» Italiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Kristian Vyeri «Barselona» forvardi Robert Levandovskining «Milan»ga o'tishi borasidagi xabarlarga o'z munosabatini bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Futbol faxriysining fikricha, jamoa o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishishi uchun tarkibni yoshartirishi lozim. Hozirda «rossoneri» polshalik hujumchi uchun asosiy da'vogarlardan biri sifatida ko'rilmoqda.

Levandovski joriy mavsum yakunlangach, Ispaniya klubini tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan. Futbolchining agenti allaqachon Italiyaning bir qator klublari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Biroq Vyeri ushbu transfer jamoa kelajagi uchun foyda keltirmasligini ta'kidladi. «Men Levandovski bilan shartnoma imzolamagan bo'lardim, chunki uning yoshi o'tib qolgan.

«Milan» o'z muammolarini hal qilishi uchun ancha yoshroq hujumchiga ehtiyoj sezmoqda», — deya Vyerining so'zlarini keltirmoqda DAZN nashri. Ma'lumot o'rnida, Robert Levandovskiga «Yuventus» klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Tajribali hujumchi shu yilning avgust oyida 38 yoshni qarshi oladi. Shunga qaramay, hujumchining agenti Italiya A seriyasi variantlarini ko'rib chiqishda davom etmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari