"Yuventus" Levandovskiga bir yillik shartnoma taklif qildi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

"Yuventus" Levandovskiga bir yillik shartnoma taklif qildi
"Yuventus" Levandovski bilan muzokara boshlaydi

"Yuventus" yaqin kunlarda Robert Levandovski vakillari bilan uchrashuv o'tkazadi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Futbolchining "Barselona" bilan shartnomasi yozda tugaydi va hozirda u faoliyatini davom ettirish yo'llarini ko'rib chiqmoqda. Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, "qariyalar" polshalik yulduzga yiliga 6 million yevro maosh bilan bir yillik shartnoma taklif qiladi.

Hozircha hujumchini bu sharoitlar qoniqtiradimi-yo'qmi, noma'lum. Robert Levandovskiga Saudiya Arabistoni, Turkiya chempionatlari va MLS klublari hamda "Milan" tomonidan ham qiziqish bildirilgan.

Avvalroq 37 yoshli futbolchining "Barselona" bilan shartnomasini maoshini kamaytirgan holda uzaytirishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish