
"Barselona" himoyachisi "Aston Villa" taklifini qabul qilishi mumkin
"Barselona" klubining chap qanot himoyachisi Alexandro Balde yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Manbalarga ko'ra, Ispaniya chempioni "Aston Villa"ning 50 million yevrolik taklifini ko'rib chiqmoqda. Ushbu mablag'lar asosiy maqsadlar – Alessandro Bastoni va Xulian Alvaresni sotib olishga sarflanishi aytilmoqda.
Balde o'rniga esa "Bayer"dan Alexandro Grimaldoni 10-12 million yevro evaziga olib kelish rejalashtirilgan. Grimaldo – "Barsa" tarbiyalanuvchisi bo'lib, kataloniyaliklar asosiy jamoasida o'yin amaliyotiga ega bo'lmagan.
30 yoshli futbolchi Germaniyadan ketgach, Ispaniya La Ligasida o'ynash istagini bildirishdan to'xtamayapti.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0