Luis Enrike Dro Fernandesning Barselonaga qaytishiga ruxsat berishi mumkin

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Luis Enrike Dro Fernandesning Barselonaga qaytishiga ruxsat berishi mumkin


Yanvar oyi oxirida «Barselona» klubidan «PSJ» safiga o‘tgan hujumkor yarim himoyachi Dro Fernandes Parij jamoasida qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Garchi ushbu transfer bosh murabbiy Luis Enrike tomonidan ma’qullangan bo‘lsa-da, futbolchi hozircha barqaror o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Murabbiyning fikricha, yosh iqtidor egasi yuqori darajadagi o‘yinlarda muntazam maydonga tushish uchun hali yetarlicha tajribaga ega emas.

«Gazeta.Ru» nashri tayanib xabar berishicha, «El Nacional» gazetasi Luis Enrike o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqayotganini yozmoqda. Mutaxassis Fernandesni jamoaga bunchalik erta taklif qilgani xato bo‘lganmi, degan savol ustida bosh qotirmoqda.

Agar Dro Fernandes jamoani tark etish istagini bildirsa, Luis Enrike unga yangi klub topishda yordam berishga tayyor. Variantlardan biri sifatida futbolchining «Barselona»ga qaytishi ko‘rilmoqda.

Biroq, kataloniyaliklar ham yosh futbolchiga u kutganidek asosiy tarkibdan joy va’da bera olmasligi mumkin. Qayd etish joizki, nufuzli Transfermarkt portali 18 yoshli Dro Fernandesning bozor qiymatini 15 million yevroga baholamoqda.

Hozirgi vaziyatda futbolchining kelajagi qanday kechishi uning o‘z qarori va murabbiylar shtabining keyingi rejalariga bog‘liq bo‘lib turibdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish