
Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy terma jamoasidagi faoliyatining kelajagi borasida rasmiy munosabat bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Tajribali futbolchi mamlakat xalqining ishonchi va qo‘llab-quvvatlashi uning uchun asosiy motivatsiya manbai ekanini ta’kidlab, terma jamoa safida o‘yinlarini davom ettirish niyatida ekanini ma’lum qildi. Ronaldu o‘z chiqishida jamoa va muxlislar oldidagi mas’uliyatni chuqur his etishini qayd etgan.
Shu bilan birga, sportchi qaror qabul qilish jarayonida shaffoflik tarafdori ekanini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Portugaliya futbol federatsiyasi rahbariyati yoki mamlakat prezidenti uning xizmatlariga ehtiyoj qolmagan deb hisoblasa, u jamoani tark etish haqidagi xabarni birinchilardan bo‘lib o‘zi e’lon qiladi.
Ronaldu hech qanday ikkilanishsiz va ortiqcha shov-shuvsiz o‘z o‘rnini bo‘shatib berishga tayyorligini bildirdi. Hozirgi bosqichda futbolchi o‘zini jamoaga foyda keltira oladigan darajada his qilmoqda va Portugaliya sharafini himoya qilishni sharaf deb biladi.
Uning bu bayonoti jamoa atrofidagi turli mish-mishlarga barham berishga qaratilgan bo‘lib, o‘zining professional yondashuvini namoyon etdi.






Izohlar
0