Kevin de Bryuyne faoliyatini Inter Mayami klubida davom ettirishi mumkin

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Kevin de Bryuyne faoliyatini Inter Mayami klubida davom ettirishi mumkin


Belgiyalik yarim himoyachi Kevin de Bryuyne atrofidagi transfer mish-mishlari tobora kuchaymoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Avvalroq tajribali futbolchi "Napoli"dan "Galatasaroy" safiga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 35 yoshli pleymeyker uchun yana bir jiddiy variant paydo bo‘ldi.

"The Touchline" nashrining "Mundo Deportivo"ga tayanib xabar berishicha, AQShning "Inter Mayami" klubi de Bryuynega bo‘lgan qiziqishini qayta tiklagan. Futbolchining o‘zi ham faoliyatini Amerika Qo‘shma Shtatlari chempionati – MLSda davom ettirishni ayni damda eng maqbul va foydali yo‘nalish deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Inter Mayami" tarkibida ayni vaqtda Lionel Messi, Luis Suares, Kazemiro va Rodrigo de Paul kabi jahon futboli yulduzlari to‘p surmoqda. Agar kelishuv amalga oshsa, de Bryuyne ushbu yulduzli jamoaning yana bir muhim bo‘g‘iniga aylanishi mumkin.

Transfermarkt portali 35 yoshli yarim himoyachining bozor qiymatini 8 million yevroga baholamoqda. Hozircha tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar tafsilotlari oshkor etilmagan, biroq futbol olamida ushbu transfer katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish