Dani Karvaxal jarohat sabab safdan chiqdi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Dani Karvaxal jarohat sabab safdan chiqdi
"Real Madrid" himoyachisi Karvaxal jiddiy jarohat oldi

"Real Madrid" klubining o'ng qanot himoyachisi va sardori Dani Karvaxal navbatdagi jarohat tufayli safdan chiqdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Madrid klubi rasmiy saytida e'lon qilingan xabarga ko'ra, 34 yoshli futbolchining o'ng oyog'i barmog'ida sinish holati aniqlangan. Hozircha tajribali himoyachining qancha muddatga safdan chiqqani borasida aniq ma'lumotlar berilmagan.

Joriy mavsumda Karvaxal "qirollik klubi" safida jami 20 ta uchrashuvda maydonga tushgan bo'lsa-da, ularning faqat sakkiztasini asosiy tarkibda boshlagan. Ta'kidlash joizki, ispaniyalik futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yozida yakuniga yetadi.

Alvaro Arbeloa boshchiligidagi jamoani oldinda Kataloniyaga ikkita muhim safar uchrashuvi kutib turibdi. Madridliklar 3-may kuni "Espanyol" mehmoni bo'lishsa, oradan bir hafta o'tib "Barselona"ga qarshi bahsda maydonga tushadilar.

Karvaxalning jarohati hal qiluvchi o'yinlar oldidan jamoa himoya chizig'i uchun jiddiy yo'qotish bo'lishi mumkin.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish