
BAVARIYA YARIM HIMOYACHISI JAHON CHEMPIONATINI O'TKAZIB YUBORISHI MUMKIN
"Bavariya" klubining hujumkor yarim himoyachisi Serj Gnabri jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
30 yoshli futbolchi mushak yorilishi sababli uch oydan ko'proq vaqtga safdan chiqqani taxmin qilinmoqda. Bu esa uning yaqinlashib kelayotgan jahon chempionatidagi ishtirokini so'roq ostiga qo'yadi.
"Serj xotirjam, lekin albatta, tushkun. 30-31 yoshda, ehtimol, oldinda uning faqat bitta jahon chempionati qolgan.
Men Serj yana qancha o'ynashini bilmayman, lekin bu uning jahon chempionatidagi so'nggi imkoniyati bo'lishi mumkin. Bu juda dramatik holat", — deya "Bavariya" sport departamenti rahbari Maks Eberlning so'zlarini keltirgan "Bayern & Germany".
Serj Gnabri Germaniya terma jamoasi safida 59 ta o'yinda maydonga tushib, 26 ta gol urgan va 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining milliy terma jamoasidagi debyuti 2016-yilda bo'lib o'tgan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0