Nagelsmann "Bavariya" chempionligi haqida gapirdi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Nagelsmann "Bavariya" chempionligi haqida gapirdi
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsman myunxenlik "Bavariya"ning joriy mavsumdagi muddatidan oldin Germaniya chempionligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

"Bavariya"ni tabriklayman. Kompanyi jamoani jipslashtirib, ishonchli chempionlikka olib chiqdi.

Jamoa ajoyib futbol ko'rsatmoqda. Germaniya terma jamoasi futbolchilari uchun xursandman.

G'alabaga bo'lgan intilish ularga bo'lajak jahon chempionatida yordam beradi", — deya mutaxassisning so'zlaridan iqtibos keltiradi "Bayern & Germany" akkaunti. "Bavariya" so'nggi uchrashuvda o'z uyida "Shtutgart"ni 4:2 hisobida mag'lub etdi.

Bundesliga 30-turi yakunlariga ko'ra, myunxenliklar ikkinchi o'rindagi "Borussiya"dan 15 ochko oldinda bormoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish