Kimmix G'nabri yo'qligidan afsusda

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Kimmix G'nabri yo'qligidan afsusda
"Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmix hujumchi Serj G'nabrining jamoa tark etishi haqida o'z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Avvalroq 30 yoshli futbolchi son mushaklaridan jarohat olgani xabar qilingandi. Mazkur jarohat sabab, futbolchi 2026-yilgi jahon chempionatini o'tkazib yuborishi mumkin.

"Serjning yo'qligini juda qattiq his etmoqdamiz. Kiyinish xonasida ham, maydonda ham.

Bu haqiqatan ham katta yo'qotish — nafaqat futbolchi, balki inson sifatida ham. Bu bizni ancha tushkunlikka tushirdi, ammo bu yo'qotishni qandaydir yo'llar bilan qoplashga umid qilaman", — deydi Kimmix "Bayern & Germany" nashriga bergan intervyusida.

Joriy mavsumda G'nabri barcha turnirlar doirasida 37 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan va 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish