Karvaxal «Real Madrid»dagi jamoadoshining o'yinidan norozi bo'ldi

0
Karvaxal «Real Madrid»dagi jamoadoshining o'yinidan norozi bo'ldi
Ispaniya chempionatining navbatdagi turida "Real Madrid" hamda "Betis" jamoalari o'zaro bahs olib bordi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Mazkur uchrashuvda madridliklar himoyachisi Dani Karvaxal zaxira o'rindig'ida o'tirgan holda jamoadoshining harakatlariga nisbatan o'z e'tirozini bildirdi. Karvaxal aynan o'zining asosiy raqobatchisi bo'lgan Trent Aleksander-Arnoldning o'yinidan norozi bo'lgani kameralar obyektiviga tushib qolgan.

Xususan, uchrashuvning ma'lum bir qismida Aleksander-Arnold hujumdan himoyaga qaytishda sustkashlikka yo'l qo'ygan. To'p aynan uning qanotida bo'lishiga va raqib jamoa xavfli hujum tashkil etishga urinayotganiga qaramay, himoyachi ortga qaytishga shoshilmagan.

"The Touchline" nashri tomonidan taqdim etilgan videolavhalarda Karvaxal zaxira o'rindig'ida o'tirib, barmoqlari yordamida Trentning maydondagi sekin harakatlarini masxaraomuz tarzda taqlid qilgani ko'rinadi. Eslatib o'tamiz, "Real Madrid" va "Betis" o'rtasidagi uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan edi.

Ushbu natijadan so'ng Madrid klubi turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan "Barselona"dan 11 ochko ortda qolmoqda. Karvaxalning ushbu munosabati jamoa ichidagi raqobat va maydondagi intizom masalasini yana bir bor kun tartibiga chiqardi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari