Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumi 21-avgust kuni boshlanadi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumi 21-avgust kuni boshlanadi
Angliya Premyer-ligasi matbuot xizmati 2026/2027-yilgi mavsum uchun o‘yinlar taqvimini rasman e’lon qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Angliya futbol chempionatining yangi mavsumi 21-avgust kuni start oladi. Ochilish o‘yinida amaldagi chempion – Londonning "Arsenal" klubi o‘z maydonida "Koventri" jamoasini qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Frenk Lempard boshqaruvidagi "Koventri" jamoasi uzoq tanaffusdan so‘ng Angliya futbolining elit divizioniga qaytishga muvaffaq bo‘ldi. Musobaqaning so‘nggi – yakuniy turi esa 2027-yil 30-may sanasiga belgilangan.

Eslatib o‘tish joizki, o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, Londonning "Arsenal" klubi 22 yillik kutishdan so‘ng yana chempionlik unvonini qo‘lga kiritib, muxlislarini xushnud etgan edi. Turnir jadvalining kuchli uchligidan, shuningdek, Manchesterning ikki giganti – "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" klublari ham joy oldi.

Yangi mavsumda ushbu jamoalar o‘rtasidagi raqobat yanada keskin tus olishi kutilmoqda. Futbol ishqibozlari uchun Angliya chempionatining navbatdagi mavsumi qiziqarli va kutilmagan voqealarga boy bo‘lishi shubhasiz.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish