
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga amalga oshirgan tashrifi doirasida rejalashtirilgan rasmiy tadbirlarni yakunlab, Nukus shahridagi tunu kun faoliyat yurituvchi gavjum ko‘chalardan biriga tashrif buyurdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Mazkur sayr rasmiy protokol tartib-qoidalaridan xoli holda, samimiy va ochiq muloqot muhitida o‘tdi. Davlat rahbari shaharda hordiq chiqarayotgan yuzlab fuqarolar, yoshlar va oilalar bilan bevosita muloqot qildi.
Ushbu uchrashuv davomida Prezident aholining kayfiyati, ularning kundalik muammolari hamda hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari haqidagi fikrlari bilan qiziqdi. Shuningdek, mazkur ko‘cha infratuzilmasi, aholi uchun yaratilgan sharoitlar va xizmat ko‘rsatish sifati yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.
Shahar aholisi bilan bo‘lgan bu kabi muloqotlar davlat rahbarining hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni bevosita o‘rganish va odamlarning talab-istaklarini yaqindan tinglash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan amaliyotning bir qismidir. Tashrif yakunida hudud mutasaddilariga aholi uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.






Izohlar
0