
O‘zbekistonda aholi salomatligini muhofaza qilish hamda to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish maqsadida alkogolsiz ichimliklar tarkibidagi shakar miqdori bo‘yicha yangi tartib joriy etish ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur tashabbusga ko‘ra, gazli va boshqa turdagi shirin ichimliklar qadoqlarida tarkibiy qismlarni aks ettiruvchi maxsus rangli belgilar joylashtirilishi rejalashtirilgan. Ushbu o‘zgarishlar iste’molchilarga mahsulot tarkibini osonroq tushunish va ongli tanlov qilish imkonini beradi.
Loyiha hujjatida belgilangan muddatlarga ko‘ra, mazkur tartib 2027 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kirishi mumkin. Yangi qoidaga binoan, ichimliklardagi shakar miqdori qarab, qadoqlarda tabaqalashtirilgan belgilar qo‘llaniladi.
Xususan, 100 millilitr mahsulotda 5 dan 8 grammgacha shakar bo‘lsa, u shakar miqdori o‘rtacha deb belgilanadi. Agar ko‘rsatkich 8 dan 11 grammgacha bo‘lsa, bu boshqacha toifadagi ogohlantiruvchi belgini talab qiladi.
Ushbu chora-tadbirlar shakar iste’molini nazorat qilish va surunkali kasalliklarning oldini olishga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.






Izohlar
0