Malika Ravshanova qizining bir yoshga to'lishini tabiat qo'ynida nishonladi
Xonanda Malika Ravshanova o'zining Instagram sahifasi orqali oilasidagi quvonchli voqeani ma'lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
San'atkor qizi Sadiyaning bir yoshga to'lishi munosabati bilan samimiy videolavha e'lon qildi. Ravshanova ushbu post ostida 29 aprel 2024 yil sanasida to'rtinchi bor ona bo'lganini ta'kidlab o'tgan.
Tug'ilgan kun bayrami ochiq havoda, tabiat qo'ynida tashkil etildi. E'lon qilingan tasvirlarda qizaloqning qulupnay tasviri tushirilgan libosda ekani, bayram dasturxoni ham qulupnaylar va maxsus bezatilgan tort bilan to'ldirilgani aks etgan.
Videoda Sadiyaning shirinlikni zavq bilan tanovul qilayotgan jarayoni alohida qayd etilgan. Ushbu videopost ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan iliq kutib olindi.
Muxlislar izohlarda qizaloqni bir yoshga to'lishi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sog'lik va baxtli kelajak tilab o'zlarining ezgu tilaklarini bildirmoqda. Malika Ravshanova tomonidan ulashilgan bu oilaviy kadrlar ko'plab kuzatuvchilarning e'tiborini tortdi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0