Soyuz MS-29 ekipaji Boyqo‘ng‘irda parvoz oldi tayyorgarlikni boshladi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Soyuz MS-29 ekipaji Boyqo‘ng‘irda parvoz oldi tayyorgarlikni boshladiXalqaro kosmik stansiyaga yo‘l oladigan 75-ekspeditsiya tarkibidagi asosiy va dublyor guruh a’zolari Boyqo‘ng‘ir kosmodromiga yetib kelishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Ixbt.com nashri xabar tarqatdi. Rossiyaning Roskosmos davlat korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi Yuriy Gagarin nomidagi Kosmonavtlarni tayyorlash markazi ma’lumotiga ko‘ra, kosmonavtlar parvoz oldidan o‘tkaziladigan yakuniy tayyorgarlik bosqichini boshlashgan.

Mazkur jarayon davomida ekipaj a’zolari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni qayta ko‘rib chiqish, texnik jihozlar bilan ishlash va kutilmagan vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rish kabi muhim mashg‘ulotlarni yakunlashlari kerak. Kosmodromdagi tayyorgarlik bosqichi parvoz xavfsizligini ta’minlash va rejalashtirilgan missiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish yo‘lida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Mutaxassislar ayni damda barcha texnik tizimlar va jihozlar sinovdan o‘tkazilayotganini ta’kidlashmoqda. Ekipaj tarkibi yaqin kunlar ichida kosmik kemani boshqarish bo‘yicha yakuniy nazorat sinovlaridan ham o‘tadi.

Shundan so‘ng, barcha tayyorgarlik ishlari yakunlanib, uchirish uchun ruxsat berilishi kutilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish