Sem Altman AQShda so'zsiz tayanch daromadi g'oyasidan voz kechdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Sem Altman AQShda so'zsiz tayanch daromadi g'oyasidan voz kechdiAltman: «So'zsiz tayanch daromadi ijtimoiy muammolarni hal qilmaydi»

OpenAI rahbari Sem Altman sun'iy intellekt texnologiyalari ommalashayotgan bir paytda so'zsiz tayanch daromadi modelini joriy etishga qarshi chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uning fikricha, belgilangan miqdordagi to'lovlar mehnat bozori va kapital o'rtasidagi muvozanatning o'zgarishi bilan bog'liq masalalarni hal etishga qodir emas. Bu haqda Ixbt.com nashri ma'lumot berdi.

Altman va uning hamkorlari 2019-yilda tajriba o'tkazish maqsadida 60 mln dollar mablag' to'plagan edi. Loyiha doirasida kam ta'minlangan qatlam vakillariga uch yil davomida har oy 1000 dollardan to'lab berildi.

Tadqiqot yakunlari ishtirokchilarning xarajatlari ko'payganini ko'rsatgan bo'lsa-da, ularning salomatligi ko'rsatkichlarida ijobiy o'zgarishlar kuzatilmadi. Hozirda OpenAI rahbari Ijtimoiy farovonlik fondini tashkil etish g'oyasini ilgari surmoqda.

Mazkur taklifga ko'ra, har bir AQSh fuqarosi sun'iy intellekt hisobiga erishiladigan iqtisodiy o'sishdan bevosita ulush olishi ko'zda tutilgan. Altman fuqarolarga naqd pul o'rniga texnologik resurslar yoki aktivlardan ulush ajratish maqsadga muvofiq ekanini ta'kidladi.

Uning ogohlantirishicha, agar ilg'or texnologiyalardan foydalanish imkoniyati cheklansa, jamiyatdagi ijtimoiy tabaqalanish yanada chuqurlashishi mumkin.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish