Rossiyada Starlink aloqasini uzishga qaratilgan yangi tizim yaratildi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Rossiyada Starlink aloqasini uzishga qaratilgan yangi tizim yaratildi
Rossiyalik muhandislar Starlink sunʼiy yoʻldosh aloqa tizimining faoliyatiga toʻsqinlik qilishga qaratilgan Volna Kupol Garant nomli yangi radioelektron kurash vositasini ishlab chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur majmua kosmik apparatlarga yoʻnaltirilgan maxsus parazit signallarini uzatish texnologiyasiga asoslangan boʻlib, bu jarayon sunʼiy yoʻldoshlarning yerdagi foydalanuvchilar bilan barqaror aloqa oʻrnatish imkoniyatini cheklaydi. Ushbu yangilik haqidagi maʼlumotlarni Kompleks uchuvchisiz yechimlar markazi rahbari maʼlum qildi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, mazkur tizim aynan past orbitada harakatlanuvchi aloqa vositalarining signallarini zaiflashtirish va ularni izdan chiqarish uchun moʻljallangan. Hozirgi kunda zamonaviy harbiy va fuqarolik operatsiyalarida keng qoʻllanilayotgan Starlink tizimining samaradorligini pasaytirish texnik jihatdan murakkab jarayon hisoblanadi.

Yangi ishlab chiqilgan qurilma esa aynan shu muammoli jihatlarni bartaraf etishga va maʼlum hududlarda sunʼiy yoʻldosh qamrovini cheklashga qaratilgan. Hozircha ushbu uskuna qanchalik samarali ekanligi va uni keng koʻlamda joriy etish yuzasidan aniq muddatlar oshkor qilinmagan.

Kompleks uchuvchisiz yechimlar markazi vakillari ushbu texnologiya sinovlari davom etayotganini va uning kelajakdagi imkoniyatlari tahlil qilinayotganini bildirib oʻtdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish