Paypoq kiyib uxlash uyqu sifatini yaxshilashga qanday yordam beradi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Paypoq kiyib uxlash uyqu sifatini yaxshilashga qanday yordam beradi

Sovuq mavsumlarda oyoqlarning muzlashiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida paypoq kiyib uxlash ko‘pchilik uchun odatiy hol hisoblanadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Biroq ushbu oddiy harakat nafaqat tana haroratini bir me’yorda ushlab turish, balki uyqu sifatini sezilarli darajada yaxshilashga ham xizmat qilishi mumkin. 2018 yilda Journal of Physiological Anthropology ilmiy nashrida e’lon qilingan tadqiqot aynan shu masalaga oydinlik kiritgan.

Mutaxassislar olti nafar yosh erkak ishtirokida o‘tkazilgan tajriba davomida ularning uyqu jarayonini kuzatuv ostiga olishdi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, paypoq kiyib uxlagan ishtirokchilar yalangoyoq holatda dam olgan guruhga nisbatan ancha tezroq uyquga ketishgan.

Xususan, paypoq kiyish ularga uyquga ketish vaqtini o‘rtacha 7,5 daqiqaga qisqartirish imkonini berdi. Ushbu hodisa oyoqlarning isishi qon tomirlarining kengayishiga olib kelishi hamda tana haroratini tartibga solish orqali organizmga xotirjamlik bag‘ishlashi bilan izohlanadi.

Mazkur ilmiy xulosa uyqu tizimini yaxshilashni istaganlar uchun samarali va oddiy yechim bo‘lishi mumkinligini tasdiqlaydi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish