
Ijtimoiy tarmoqlar, xususan, Telegram messenjeri orqali firibgarlikning yangi va xavfli usuli tarqalmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Kiberjinoyatchilar foydalanuvchilarga smartfon klaviaturasiga yangilangan o‘zbek alifbosini o‘rnatib berishni va’da qilib, turli xil shubhali havolalar va APK formatidagi fayllarni yuborishmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu fayllarni yuklab olish va o‘rnatish qurilmaga zarar yetkazishi hamda shaxsiy ma’lumotlarning o‘g‘irlanishiga olib kelishi mumkin.
Mazkur holatda jinoyatchilar foydalanuvchilarning o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishidan foydalanib, ularning ishonchiga kirishga urinishmoqda. Noma’lum manbalardan kelayotgan bunday takliflar va dasturiy ta’minotlar axborot xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi.
Shu bois, kiberxavfsizlik ekspertlari foydalanuvchilarni hushyorlikka chaqirib, shubhali havolalarga kirmaslikni va tekshirilmagan APK fayllarni yuklab olmaslikni qat’iy tavsiya qilmoqdalar. Har qanday dasturiy yangilanishlarni faqat rasmiy ilovalar do‘konlaridan amalga oshirish xavfsizlikni ta’minlashning asosiy shartidir.






Izohlar
0